Maişiy korrupsiyaga qarşi kuraşning samarali yöllari
Maişiy korrupsiya haqida uzunroq post
Otabek Bakirov Telegram kanalida maişiy korrupsiya böyiça yaxşi fikrlarni yozibdi, uning barça fikrlariga töliq qöşilgan holda, postni Sizga ham ulaşyapman:
«2020-yil kutilmalarida prognoz qilganimizdek, maişiy, mayda darajadagi korrupsiya unsurlariga qarşi, ayniqsa pora berayotganlarga nisbatan körgazmali kuraş olib borilmoqda. Bu borada qilinayotgan işlar kampaniya darajasiga yetgani uçun "erişilayotgan natijalar" jadvallar va prezentatsiyalar tarzida tahlil ham qilinmoqda.
Fuqaroda savol tuğiladi, nega maişiy korrupsiyaga qarşi bu qadar kuraşib qolindi?
Avvalo bu xavfsiz iş, yaʼni maişiy korrupsiyaga qarşi işlarda hatto örta darajadagi çinovniklarning dumi bosib olinmaydi. Törga asosan oddiy fuqaro tuşiriladi.
Ikkinçidan, maişiy korrupsiya doirasidagi işlar piar va propaganda işlarida qöl keladi juda, iş ketayotgani, ketayotgandayam kuraş ayovsiz olib borilayotganini kerakli arboblarga namoyon etiladi.
Uçinçidan, maişiy korrupsiyaga qarşi kuraşda kuraşga ajratilgan mablağlar oson özlaştiriladi. 100 dollarlik işning olib borilişiga ham, 1 million dollarlik işga ham deyarli bir xarajat ketadi (operativ iş, tergov, sud, qamoq vhk). 100 dollarlik iş uçun soliq tölovçilarning 10 ming dollarini sarflaş samarasiz-ku deyişingiz mumkin. Töğri, lekin işoning, korrupsiyaga qarşi özbekça kuraşda samara va afzallik 84- darajali masala.
Endi aytişingiz mumkin, sizning-ça maişiy korrupsiyaga qarşi kuraşmaslik kerak-mi? Kerak. Lekin boşqa, arzon va samarali yöllar bilan. Axir 100 dollarlik korrupsion işga qarşi kuraş maʼmurçiligi xarajati 10 ming dollarga yetadigan kuraşdan ne naf?
Tasavvur qiling, davlat banki xodimi kredit ajratiş uçun pora olayapti, qarzdor pora berayapti. Nima qiliş kerak? Kimni qamaş kerak? Bu yerda korrupsiyaga qarşi kuraş poraxör bankir yoki pora berayotganni uşlab qamaşda emas, kreditning arzon, lekin defitsit bölmay, bozor narxida, keng imkonli bölişini taʼminlaşga qaratilişi lozim. Uç yil avval bankdagi korrupsiya işlarining 90%i valyuta konvertatsiyasi bilan boğliq edi. Hozir kimdir valyuta sotib oliş uçun pora beradimi?
Yoki yana bir misol. Tadbirkor hokimga, kadastrga yer ajratiş uçun pora berayapti. Kimni qamaş kerak, ayting? Yer tovar, u ajratilmasligi, taqsimlanmasligi, sotilişi kerakligi muhitida birov pora berarmidi?
Haydovçi qoida buzdi, inspektorga pora taklif etdi. Nega? Çunki pora beriş jarima tölaşdan köra nisbiy afzallikka ega. Inspektor pravani oladi, prava propiska manziliga 1 oyda yetib boradi. Jarima oylik maoşiça. Nega aksi emas? Nega jarimani tölaş pora berişdan afzalroq bölişini taʼminlab bölmaydi? Nega inspektor uçun ham, haydovçi uçun ham jarimani tölaş afzalligini yaratiş mumkin emas?
Pora olayotgan öqituvçi, boş vraç, soliqçi vhk masalalaridayam şunday savollarni qöyiş mumkin.
Qissadan hissa şuki, maişiy korrupsiyaga qarşi qamaş, tutiş, körgazmali va piar bilan kuraşilmaydi. Qoidalar, tizim va jarayonlar özgartirilişi kerak.
Darvoqe, köp misol keltiradiganimiz Gruziya maişiy korrupsiyani eng avvalo qoidalar va tizimni butunlay yangilaş orqali yenggan. Va albatta qoidalarning barça uçun birligini taʼminlab».
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


