Yolğon özimizga ziyon: ijtimoiy va siyosiy tahlil

Matn5-iyul, 2022, 12:302 daqiqa0 koʻrish

“Yolğon özimizga ziyon”, deb yozmoqda @davletovuz. Va uning quyidagi fikrlariga töliq qöşilaman:

“Qurbanoffning ham, Şahnoza Soatovaning ham fikrlariga qöşilaman. Tahlikali vaziyat ortda qoldi, endi ayrim xatolarimizni oçiqça aytişimiz, tahlil qilişimiz kerak. Balki "tepa"dagilarga oxirgi voqealar syurpriz bölgandir, lekin köpçilikka yangilik bölmadi. Xavotir bilan kuzatib turdik, bilinar-bilinmas, qança eşikni taqillatdik. Yöq, şu narsalar bölişi kerak ekan. Gazeta.özʼning keça eʼlon qilingan reportajini öqing, odamlar ham aytmoqda.

Nazarimizda, oxirgi paytlar muloqotlar ham şablon tusiga kirib qoldi, gapiradigan, sözga çiqadiganlar yana öşa-öşa odamlarga aylanib, bir xil qiyofalar yuzaga keldi. Bu bilan haqiqiy hayotni bilib bölmaydi. Bunga keça emas, yaqin-yaqinlarda ham duç kelar edik-ku. Yana şu yöldan yurişimiz notöğri va samarasizdir. Bunday tuzumdan davlat ham, xalq ham yutqazadi. Hozirgi holatda haqiqatning yuziga tik qaraş, qançalik aççiq bölmasin — uni qabul qiliş va keng kölamli çora-tadbirlarni qabul qiliş zarur.

Aholining kayfiyatini, ijtimoiy keskinlikni oldindan prognoz qiladigan, uni doimiy monitoring qilib, hukumatga ogohlik qönğiroğini çaladigan masʼul idoralar va institutlar faoliyati butunlay qayta körib çiqilişi lozim. Xalq qabulxonalari nafaqat murojaat qabul qiladigan, balki joylarda odamlar kayfiyatini örganadigan institut edi-ku! Xatolar takrorlanmasligi uçun ham masʼuliyatsiz yondaşgan rahbar-kadrlar masalasi körilişi kerak. Nega voqealar rivoji böyiça kamida beşta ssenariy bölmagan? Nega muammoni körmaslikka oliş kayfiyati bölgan? “Ijtimoiy fikr”ning respondentlarning 83% konstitutsiyaviy islohotlarni qöllab-quvvatlaydi, degan gaplari kimni aldaş uçun kerak edi?

Parlament haqida gapirişdan foyda yöq. Heç qursa haqiqiy kayfiyatni aytib turadigan, xalqning tom maʼnodagi vakillari bölişi kerak bölgan institut — özlariniyam, jamiyatni ham, davlatni ham aldayotgan organ. Boşqa yaxşi gap yöq. Aksinça hammani çalğityapti.

Atrofda bitta xato qilişimizni kutib yotişibdi. Hatto ittifoqçimiz, deganlarda ham odamlari, ziyolilari kayfiyati mutlaqo boşqa tarafda ekanligiga guvoh böldik. Faqat özimizga, özimizning kuçimizga, jafokaş xalqimizga tayanişimiz lozim, undan boşqa qudratimiz yöq. Şunday ekan, haqiqatning yuziga tik boqaylik, xulosa çiqaraylik, xalqçil çoralarni köraylik.

Albatta, bularning barçasi şaxsiy fikrlar”.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing