Talabalar abituriyent sifatida hujjat topshirishi mumkinmi

Audio5-iyul, 2022, 11:465 daqiqa0 koʻrish

Audio

0:00 / 3:39

❓Talabalar ham abituriyent sifatida öqişga hujjat topşira oladimi? Öqişga kira olmasa talabalar safidan çiqarilmaydimi?
#abituriyent

Ovozli çatda bir talaba döstimiz xuddi şu savol bilan murojaat qildi. Unga javobimni yuqoridagi audioda eşitişingiz mumkin.

Javob: hozir Özbekistondagi yoki xorijdagi istalgan OTMda talaba bölib öqiyotganlar ham abituriyent sifatida DTM saytidan röyxatdan ötib, hujjat topşira oladi. Öqişga kirsa va öşa yerda öqişni istasa, hozirgi OTMda öz xohişiga köra, talabalar safidan çiqadi. Agar öqişga kira olmasa, hozirgi joyida talabalar safidan çiqarilmaydi. Bunga heç qanday huquqiy asos yöq.

Qöşimça izoh: Ovozli çatda bir narsani aytişni unutibman. Avvallari testga kirgan talabalar öqişdan haydalgani rost. Çunki ular öqişga qalbaki hujjatlar bilan yoki birovning örniga "paravoz" bölib kirişar edi. Öşançun haydalgan. Test paytida bunday qinğir niyatli talabalar aniqlansa, hozir ham talabalar safidan çiqariladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek