Şavkat Mirziyoyev va Şarl Mişel muloqoti

Foto4-iyul, 2022, 18:001 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyevning Yevropa kengaşi prezidenti Şarl Mişel bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Yevrokengaş prezidenti Özbekistonning kuçli fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etiş sari oçiq islohotlar yölini davom ettiriş borasidagi saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatladi.

Şu maʼnoda Qoraqalpoğistondagi vaziyatning baʼzi buzğunçi kuçlar tomonidan izdan çiqarilişiga yöl qöyib bölmasligi alohida qayd etildi.

Bundan taşqari Yevrokengaş öz saytida bayonot bilan çiqdi. Jumladan, unda şunday deyiladi:

«Yevropa Ittifoqi Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş taklifi ortidan Qoraqalpoğistonda röy bergan qonli voqealarni oçiq va mustaqil tergov qilişga çaqiradi. Biz qurbonlar borligidan çuqur afsusdamiz va voqealar rivojini yaqindan kuzatişda davom etamiz.

Biz taklif etilgan konstitutsiyaviy özgarişlarga nisbatan jamoatçilik xavotirlariga prezident Mirziyoyev tomonidan tezkor reaksiya bildirilganini olqişlaymiz. Barça tomonlarni nizo keskinlaşişi va zöravonliklar davom etişining oldini oliş maqsadida öz harakatlarida vazminlikka çorlaymiz».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek