Mirziyoyev: Konstitutsiya loyihasi xalq fikri asosida özgaradi
Şavkat Mirziyoyev:
"Bir söz bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiyamizni takomiliga yetkaziş uçun qança vaqt va muddat kerak bölsa, bu jarayon şunça davom etadi. Bu borada faqat xalqimiz bilan bamaslahat iş olib boramiz.
Lekin, ayrim joylarda uşbu masalaning mohiyatini talqin qilişda tuşunmovçilik holatlari uçramoqda.
Jumladan, loyihada közda tutilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasiga oid ayrim normalarga bir guruh şaxslar tomonidan norozilik bildirilgan. Buning natijasida joriy yil 1-iyul kuni Nukus şahrining markaziy köçalarida namoyişlar uyuştirilgan.
Ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini noqonuniy egallaşga uriniş harakatlari sodir etilgan.
Şu munosabat bilan quyidagi fikrlarni alohida taʼkidlaşni zarur, deb hisoblayman.
Xalqimiz hukmiga havola etilgan mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hali qabul qilinmagan, umumxalq muhokamasiga qöyilgan, xolos.
Yana bir bor taʼkidlayman: fuqarolarimizning xohiş-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib çiqqan holda, uşbu loyiha özgaradi va takomiliga yetkaziladi", - dedi davlat rahbari.
👉 @xushnudbek 👈


