Çet tilidan ijodiy imtihonlar uçun qabul 10-iyulda tugaydi
Çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan taʼlim yönalişlariga qabul 10-iyul kuni yakunlanadi
#abituriyent
Joriy yildan boşlab, 6 ta oliy taʼlim muassasasiga kirişda çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkazilişi belgilangan. Bular:
👉 Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat çet tillar instituti;
👉 Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining
fanlar majmuasiga çet tili birinçi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yönalişlariga hamda
👉 Toşkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qöqon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining
xorijiy tillar böyiça pedagoglarni tayyorlovçi bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlarida çet tili fanidan tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş hamda gapiriş kompetensiyalarini aniqlaş va baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladi.
📆 Mazkur taʼlim yönalişlariga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oşiriladi.
❕ Şu sababli mazkur taʼlim yönalişlariga topşiriş istagida bölgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn röyxatdan ötib, tölovni amalga oşirişlari lozim.
Qöşimça maʼlumot: çet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topşirmaydi va ularga çet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


