Qoraqalpoğistondagi voqealar yuzasidan rasmiy bayonot

Matn2-iyul, 2022, 12:272 daqiqa0 koʻrish

Qoraqalpoğistondagi voqealar yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining rasmiy bayonoti

Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan oçiqlik va xohiş-irodani erkin ifoda qiliş siyosatiga qaramay, 2022-yil 1-iyul kuni Nukus şahrida bir guruh jinoyatçi şaxslar Qoraqalpoğiston Respublikasining davlat boşqaruvi organlarini egallaşga urinişda ifodalangan ğayriqonuniy harakatlarni taşkil etdi.

Populistik şiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va işonçini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar taşkilotçilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga böysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpoğiston Respublikasining maʼmuriy binolari oldidagi maydonga yiğdilar.

Iğvogarlar yiğilgan fuqarolarga tayangan holda uşbu davlat muassasalarini egallab olişga va şu orqali jamiyatda ixtilof keltirib çiqariş, Özbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan çiqarişga urindilar.

Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qabul qilingan qatʼiy çoralar bilan taşabbuskorlarning ğayriqonuniy hatti-harakatlari töxtatilib, ommaviy tartibsizlik uyuştirişga urinişlar tarqalişiga çek qöyildi.

Şuni işonç bilan aytamizki, davlatimiz vaziyatni yanada beqarorlaştirilişiga yöl qöymaslik uçun barça zarur salohiyatga ega. Ommaviy tartibsizliklar taşkilotçilarining bir guruhi hamda huquqni muhofaza etuvçi organlarga faol qarşilik körsatgan şaxslar qölga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Barça iğvogarlarning şaxsi aniqlanadi va ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilişi taʼminlanadi.

Respublikadan taşqaridagi nosoğlom kuçlarning Qoraqalpoğistondagi vaziyat rivojiga, şu jumladan aniq yönaltirilgan axborot xurujlari va röy berayotgan voqealarni qasddan buzib körsatiş orqali taʼsir qilişga urinişlari qayd etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatda jamoat xavfsizligi va barqarorligini taʼminlaşda, fuqarolarni ğayriqonuniy hatti-harakatlardan ogohlantirib, yuzaga kelgan masalalarni qonun doirasida hal qilişda birgalikda saʼy-harakat qilişga çaqiramiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek