Nukusdagi tartibsizliklarda harbiy avtobuslarga hujum

Albom6-iyul, 2022, 21:413 daqiqa0 koʻrish

Harbiy avtobuslarning yoqib yuboriliş voqeasi

Qoraqalpoğiston Respublikasi komendaturasining xabar berişiça, Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarda oldindan puxta tayyorgarlik körgan, turli harbiy taktikalardan xabardor bölgan guruhlar qatnaşgani bir qança dalillar bilan ayon bölib bormoqda.

Masalan, öşa kuni tunda harbiy xizmatçilarni olib ketayotgan mana bu 2 ta maxsus avtobusga aniq taktika orqali hujum uyuştirilgan.

Voqea iştirokçisi bölgan harbiylar bilan suhbatda bu hujum qanday bölganiga qiziqdik.

Dastlab köçalarda bir neçta maşina balonlari yoqilib, barrikada hosil qilingan va yöllar tösilgan. Barrikadani aylanib ötiş uçun avtobuslar sekinlaşganda qoronğu va pana joydan bir guruh şaxslar otilib çiqib, oğir toşlar bilan oynalarni sindirişgan.

Şundan söng, singan joydan qölbola yasalgan “Molotov kokteyli” otilgan. Natijada avtobus içida yonğin kelib çiqqan (suratda ham avtobus içi qop-qora bölib ketganini köriş mumkin).

Şundan söng, oxirgi bosqiçga ötişgan — avtobusga oldindan tayyorlab qöyilgan çelaklarda benzin sepişgan. Katta ehtimol bilan bundan maqsad, avtobus içidagi yonğinni katta alangaga aylantiriş va bu orqali yoki içkaridagi harbiylarni tiriklay yoqib yuboriş, yoki yonğindan qoçib, eşiklarni oçib taşqariga çiqqanda ularni asir oliş bölgan.

Haydovçining uddaburonligi sabab çelaklarda sepilgan benzin avtobus içiga emas, balon atrofiga tekkan (rasmda benzin doği körinib turibdi).

Avtobus içidagi yonğinni esa bir amallab öçirib olişgan, ammo bu jarayonda bir qança harbiy xizmatçilar turli darajadagi oğir va yengil kuyiş tan jarohatini olişgan. Çunki kimlarningdir kiyimlari ham yonib ketgan. Allohga şukrki, heç kim vafot etmagan.

Hozirda uşbu holat böyiça ham tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Şuningdek, rasmlarda tartibbuzarlar tomonidan yoqib yuborilgan tinç aholi va tadbirkorlarning transportlarini ham köriş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek