Şavkat Mirziyoyev Nukusdagi voqealar haqida bayonot berdi

Foto3-iyul, 2022, 17:402 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev: «Ming afsuski, tinç aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor»

«Ilgari xabar qilinganidek, bir guruh şaxslar 2022-yil 1-iyul kuni Nukus şahrida soxta şiorlarni öziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning işonçiga kirib, ularning fikrini çalğitib, hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga böysunmasdan, tartibsizliklar keltirib çiqardi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olişga urindi.

Ular 2022-yil 2-iyul kuni jamoat tartibini buzişga qaratilgan harakatlarni töxtatiş haqidagi talablarga quloq solmasdan, respublikaning maʼmuriy markazidagi asosiy köçalarda buzğunçi harakatlarni davom ettirdi.

Bundan taşqari, tartibsizliklarda qatnaşgan ayrim kimsalar huquq-tartibot organlari xodimlari bilan töqnaşuvlarni keltirib çiqarişga, qöriqlanadigan hududlarga zöravonlik bilan bostirib kirişga urindi, binolarga toş va turli buyumlar otişdi.

Şahar böylab yuriş davomida ular infratuzilma obyektlariga sezilarli darajada zarar yetkazişdi. Binolarning oynalarini sindirib, yonğinlar sodir etişdi. Bir neçta guruhlar qurol-yaroğlarni qölga kiritiş maqsadida Nukus şahar Içki işlar boş boşqarmasi va Milliy gvardiya boşqarmasi binolarini egallaşga urinişdi.

Uşbu kimsalar son jihatiga köra nisbiy ustunlikdan foydalanib, huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qilişdi, ularni ayovsiz kaltaklab, oğir tan jarohatlari yetkazişdi.

Ming afsuski, tinç aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek