Şavkat Mirziyoyev Nukusda videoselektor yiğilişi ötkazdi

Albom3-iyul, 2022, 14:302 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida bölib turibdi.

Bugun tongda videoselektor yiğilişi ötkazilib, barça tumanlar bilan muloqot qilindi. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining keçagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlaşgan, hayot öz maromiga qaytmoqda.

Maʼlumki, keça Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgan edi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududining komendanti uşbu holat böyiça axborot berib, vaziyat töliq nazoratga olinganini taʼkidladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek