Mudofaa vazirligi kuçlari favqulodda holatga jalb etiladi
Fuqarolarning hayoti va soğliği uçun aniq tahdid, huquqni muhofaza qiliş organlarining xodimlariga hujum qiliş, ularning qurol va texnikasini egallab oliş holatlarini inobatga olib, şuningdek, “Favqulodda holat töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuçlari va vositalari qöşimça ravişda jalb etiladi:
➖ favqulodda holat joriy etilgan hududga kiriş va undan çiqişning alohida rejimini taʼminlaş;
➖ aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanişini taʼminlovçi obyektlarni hamda insonlarning hayoti va soğliği, şuningdek, atrof-muhit uçun yuqori xavf tuğdiradigan obyektlarni muhofaza qiliş;
➖ qurol, jangovar va maxsus texnika qöllanilgan holda zöravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan töqnaşuvlarda iştirok etayotgan qarama-qarşi kuraşayotgan taraflarni ajratiş;
➖ qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga çek qöyişda iştirok etiş;
➖ Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimining kuçlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etişda, şuningdek, odamlarning hayotini saqlab qolişda iştirok etiş.
Farmonning töliq matni:
https://uza.uz/posts/386859
👉 @xushnudbek 👈

