Özbekistonda ikkita muhim masala böyiça qarorlar özgartirildi
Ayni şu kunlarda 2 ta masalada özgartirilişi rejalaştirilayotgan işlar öz holiça qoldirilişi eʼlon qilindi.
Birinçisi, keça 1-iyuldan oşirilişi reja qilingan elektr energiyasi va gaz narxlari eski narxida qoldirilişi, ijtimoiy norma belgilaş tizimi ham bildirilgan takliflar asosida qayta körib çiqilayotgani maʼlum qilindi.
Ikkinçisi, bugun Prezident Qoraqalpoğiston Respublikasiga oid moddalar Konstitutsiyada özgartirilmasligini maʼlum qildi.
Ikkala qaror ham aholining noroziligi, fuqarolarning bildirgan taklif va mulohazalaridan kelib çiqib qabul qilinganini barçamiz guvohi böldik.
Hozir qarorlar töğri yoki notöğriligi haqida gapirmoqçi emasman, bu haqda soatlab bahslaşsa böladi, asosiysi “xohlasang ham, xohlamasang ham şu” degan prinsip yildan-yilga yöqolib borayotganini aytmoqçi edim. Ayniqsa eng oğriqli masalalarda ham xalq fikri tomon qadamlar taşlanmoqda (barçasida demayman, lekin bu holatlar ança köpaydi).
Şavkat Mirziyoyev Nukusda taʼkidlaganidek, bizga hozir eng muhimi tinçlik va barqarorlik. Buni asraş barçamizning burçimiz bölişi kerak. Özi şundoq ham endi-endi oyoqqa turayotgan paytimizda pandemiya va boşqa yirik muammolar ösiş surʼatiga yaxşigina taʼsir qildi. Endi esa Ukrainadagi uruş sabab butun dunyo yirik moliyaviy inqirozlarga uçrayotgan bir paytda yurtimizdagi notinçlik va nizolar ahvolimizni yana uzoq vaqt önglaş qiyin bölgan holatga olib kelib qöyişi şubhasiz.
Şu sababli ham Qoraqalpoğistonda boşlangan norozilik harakatlariga zudlikda reaksiya bildirildi, şaxsan davlat rahbarining özi borib, lider sifatida faollar bilan körişib, ularning xohiş-irodasi inobatga olinişi, qoraqalpoqlardan söramasdan heç kim uşbu millat taqdirini hal qilmasligini bildirdi. Hozirda eng katta yutuğimiz bölgan tinçlikni asraş yölidagi qaror böldi.
Hozirgi alğov-dalğov zamonda bizga oson bölmasligi aniq, butunjahon moliyaviy inqiroz şamoli bizga ham albatta öz taʼsirini ötkazadi, ötkazişni boşlagan ham. Bunaqa paytda bizga faqatgina hamjihatlik, birdamlik asosida qilingan harakatlargina yordam beradi.
Ilohim, yurtimizda tinçlik bölsin.
👉 @xushnudbek 👈



