Nukusdagi vaziyat va tinç hayotning tiklanişi
Bugun Nukus şahrida böldik.
Bir qança obyektlarga bordik, ommaviy tartibsizliklar bölgan maydonlarni közdan keçirdik. Qoraqalpoğiston Respublikasi komendaturasi tomonidan öşa kungi voqealar hamda hozirgi holat haqida batafsil maʼlumot berildi.
Eng muhimi va asosiysi hozirda Qoraqalpoğistonda tinçlik va osoyiştalik hukm surmoqda. Köçalarda odatiy hayot tarzi tiklangan, maktab va boğçalar, ijtimoiy obyektlar işlab turibdi. Bozorlarda odamlar gavjum.
Mard va donişmand qoraqalpoq qadrdonlarimiz vaziyatni töğri tuşungan holda, provokatsiyalarga uçmasdan, ommani töğri yöldan urişga urinayotgan ayrim ğaraz niyatli şaxslarning gapiga kirmasdan öz vaqtida tartibsizliklarni töxtatişgan.
Ilohim, Vatanimizda bu kabi köngilsiz holatlar boşqa takrorlanmasin. Özbekiston tinçligini va hududiy yaxlitligini buzmoqçi bölayotgan jinoyatçilarning yuzi teskari bölsin, qonunda belgilangan jazosini olişsin.
Orqada hilpirab turgan ikkala bayroq va musaffo osmonimiz dunyo turgunça mana şunday holatda bölsin, ilohim.
P.S.: safar taassurotlari bilan örtoqlaşişga harakat qilaman.
👉 @xushnudbek 👈

