Toşkentdagi Puçon universiteti faoliyati bilan tanişuv
Koreya taʼlimi Özbekistonda: Puçon universiteti bilan yaqindan tanişamiz
Yurtimizda yildan yilga xususiy va nodavlat universitetlar soni ham, sifati ham oşib bormoqda. Töğri, hozirça ularning soni keragidan ança kam, ammo baribir ösiş bor.
Har gal zamonaviy nodavlat OTMlarni körsam, iç-içimdan xursand bölaman, taʼlim kelajagiga umid bor deyman. Yaqinda ana şunday OTMlardan biri — Toşkentdagi Puçon universitetida böldim, u yerdagi şaroitlar, dars jarayonlari bilan tanişdim, rektor va öqituvçilari bilan suhbat qildim.
Universitet haqidagi videoni mana bu yerdan körişingiz mumkin:
📲 https://youtu.be/1QoknECc64A
Koreya taʼlim tizimiga asoslangan va 2018-yil 3-iyuldagi Prezident qarori asosida taşkil etilgan uşbu universitetda maktabgaça taʼlim, arxitektura, koreys tili va menejment hamda diyetologiya va nutritsiologiya yönalişlari mavjud. Joriy yilgi qabul 8-iyulga qadar davom etarkan.
Umuman olganda koreys taʼlim tizimiga hurmatim baland va Puçon universitetidagi şaroit va muhit ham menga juda yoqdi. Universitet haqidagi batafsil maʼlumotni bucheon.uz saytidan olişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈



