Texnikum bitiruvçilari OTMga suhbat asosida qabul qilinadi
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar OTMlarga suhbat asosida 2-kursdan qabul qilinadi
Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022y) bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarni öz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarning 2-bosqiçidan öqişini davom ettiriş uçun qabul qiliş tartibi belgilandi.
❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
✅ JAVOB: texnikumdagi butun öqiş davrida öquv semestrlari yakuniga köra özlaştiriş baholari "5 (aʼlo)" va "4 (yaxşi)", biroq özlaştiriş baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uçun kamida 85 foizi) "5 (aʼlo)" bölgan bitiruvçilar kiradi.
🗓 Mazkur tartib 2021/2022 öquv yilidan boşlab, bitiruvçi texnikumni tamomlagan yildan boşlab 2 yil mobaynida tatbiq etiladi.
💵 Öqişga qabul qiliş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
❌Uşbu tartib harbiy oliygohlar, TDYUU va nodavlat OTMlarga taalluqli emas.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1620
