Kanadada Omikron ştammi şiddat bilan tarqalmoqda
“Omikron hammayoqni ostin-ustun qilyapti”
Bu haqda hozir Kanadada yaşaydigan yurtdoşimiz Farhod Fayzullayev özining “Zambarakning öqi” kanalida maʼlum qilgan. Jumladan u şunday yozmoqda:
“Albertada 4,4 mln kişi istiqomat qiladi. Şulardan 550 ming nafari ayni damda kovid bilan kasallangan. Yarim milliondan ortiği.
Omikron şunaqa şiddat bilan tarqayaptiki, uni sekinlaştirişga imkon ham bölmayapti. Kasallanişlar, kasallar soni rekord ketidan rekord urib yotibdi. Vaholanki, maska rejimi, vaksina pasporti joriy qilingan, 75% aholi (yoş bolalarni ham qöşganda) emlangan.
Hozirça kasalxonalar tölganiça yöq, ammo bor örinlarning 80 foizi egallangan. Yana bir haftada kasalxonalar liq töladi. Undan keyin xaos.
❗️Taskin beradigani, vaksinalar oğir kasallikdan asrayapti. Juda kam emlangan odam reanimatsiya tuşyapti, sanoqli.
550 ming kişi ayni paytda kasallangan degani 550 ming işçi işga çiqmadi deganidir. Xodimlar yetişmasligi tufayli kasalxonalarda koykalar böş, çunki doktorlar kasal. Yaqin-yaqingaça mahsulot liq töla bölgan supermarketlar ança böşab qolyapti, çunki yuk maşina haydovçilari, dökon işçilari betob.
Bugun Ismoilning (izoh — Farhod akaning öğli) maktabidan xat kelibdi. Unga köra, maktab avtobusi haydovçilari orasida ham kasallanganlar köp, şuning uçun avtobuslar reysiga çiqa olmayapti. Baʼzi avtobuslar bir paytning özida ikkita yönalişga xizmat körsatyapti, şuning uçun ular keçikyapti.
Şu haftadan maktablar ham oçildi, bolalar darsga qatnayapti. Ular orasida ham kovid tarqalişi qariyb fakt, faqat qaçonligi nomaʼlum.
Bu hali boşlanişi. Hali kasallanişlar çöqqisiga çiqmadi. Kovid grafiklari osmonga qarab tik uçyapti.
Ikki yil özimizni ehtiyot qildik, maska taqdik, vaksinalarni oldik, kovid bölmadik. Bu tölqindan qoçib bölmaydi şekilli, kutyapmiz...
Özingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling. Emlaning, busterni oling. Hammamizni Özi panohida asrasin”.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 😱 1910
