Qişki taʼtil uzaytirilgani haqidagi xabarlar yolğon
Battar böling😉
Telegramda qişki taʼtil 9-martga qadar uzaytirilgani haqida xabar tarqalibdi. Xabar tagiga meni kanalimning manzilini qöyib qöyişibdi.
Bu xabarning rost yoki yolğonligini kanalimga kirib osongina tekşirib köriş mumkinligiga ham ayrim talabalarning aqli yetmayapti. Yana bular zamonaviy talabamiş, xeh, örgildim.
Nima ham derdim, kim şu xabarga işonib yurgan bölsa — BATTAR BÖLING! Sizga bu ham kam.
Oldidan çiqqan xabarni hovliqib hammaga tarqatib yuradiganlarga ham şu gap.
P.S.: bu xabar, katta ehtimol bilan, qişki taʼtil uzaytirilişi munosabati bilan 14-yanvarda sovğasiz qoladigan yigitlarning 8-martda ham sovğa bermaydigan böldik, degan mazmundagi hazili bölgan. Ammo kim nima desa işonib ketaveradigan laqmalarga buni hazilligini tuşuntirib bölarmidi?
Köp emas, ozgina mustaqil fikringiz bölsin, baraka topgurlar.
👉 @xushnudbek 👈
- 😁 11141


