Eski xabarlarga va karantin haqidagi yolğonlarga işonmang
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:Xushnudbek.uz
❗️ESKI XABARLARGA IŞONMANG!
Şu kunlarda Telegram guruhlarida ötgan yili kanalimda eʼlon qilingan eski xabarlar yana qayta tarqatilmoqda.
Şulardan biri - 16-martdan karantin eʼlon qilinişi haqidagi ovozli xabar (t.me/xushnudbek/4618). Bu 2020-yil 15-mart kungi xabar edi.
❗️Joriy yilda karantin qayta eʼlon qilinişi hozirça kutilmayapti (ilohim, bunga ehtiyoj ham bölmasin).
Xuddi şu xabarning matnli varianti ham tarqalmoqda. Bu ham ötgan yilgi va çalğituvçi xabar.
Özi umuman ötgan yili eʼlon qilingan xabarlar endi tez-tez Telegramda aylanadi. Masalan, falon kundan jamoat transporti çeklanarkan, piston kundan viloyatlar örtasida aloqa uzilarkan, köçaga umuman çiqib bölmas ekan va h.k. Şu sababli turli guruhlarda nima xabar öqisangiz, «voy-dod» deb vahimaga tuşmasdan, öşa xabarni kim yubordi, qayerdan yubordi, manbasi qayerda, sal tekşirib körişga ham odatlaning. Rasmiy manbalarni öqing, axborotni tekşirişni, internetda qidiruvga berişni (poisk) örganing. Şunda ortiqça vahima qilib, asablaringizni ketkazmaysiz.
‼️Keyin yana bir iltimos, duç kelgan yolğon xabarlarni birovlarga tarqatişdan ham sal tiyiling. Bögan-bömagan, yolğon gaplarni hovliqib, xuddi bir narsadan quruq qolayotganday özingiz bor bölgan 100 ta guruhga tarqatişdan sizga nima naf? Nima foyda olasiz bundan? Undan köra, avval tekşirib köring, rostligiga işonç hosil qilsangiz, keyin boşqalarga ayting, sal masʼuliyat his qiling, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈


