Boğçadagi kaltaklaniş haqidagi video feyk bölib çiqdi
❗️DIQQAT, FEYK XABAR!
Telegram kanallar va guruhlarda xuddiki Özbekistondagi boğçada bir gödak ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.
❌ Bu notöğri, feyk xabar.
✅ Aslida uşbu voqea 2019-yili iyun oyida Meksikaning Çilpansingo şahrida bölgan. 2 yoşli qizini ayovsiz kaltaklagan ayol hibsga olingan. Qizaloq esa maxsus idora vakillari tomonidan şifokor körigidan ötkazilgan va uning salomatligi hamda xavfsizligi töliq nazoratga olingan.
🤦♂️ Afsuski odamlar duç kelgan xabarga işonişga va uni darrov boşqalarga tarqatişga örganib qolişgan. Aslida öşa xabar töğrimi, notöğrimi, bunisi yetmişinçi darajada.
📍Bu faqat Özbekistondamas, boşqa joylarda ham şunaqa. Masalan, xuddi şu video deyarli barça mamlakatlarda tarqatilgan. Qozoqlar Qozoğistonda deyişgan, ruslar Rossiyada va h.k. Masalan, Hindistonda ham xuddi şu video DPS Rajbag maktabida bölgan deb, WatsApp orqali virusdek tarqalgan ekan.
👉 @xushnudbek 👈

