Şahrisabzda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan şaxs jarimaga tortildi
Şahrisabzda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan şaxs 12 mln söm jarimaga tortildi
Şahrisabz tuman tibbiyot birlaşmasi işçi va xodimlari birlaşmaning hovlisidagi yer maydonida gullar orasidagi begona ötlarni tozalab, hududni obodonlaştiriş işlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Örganişlar davomida xodimlar şahar tibbiyot birlaşmasi xöjalik işlari mudirining körsatmasiga köra öz vazifasiga kirmaydigan işlarni bajarişga majbur bölgani aniqlangan.
Şunga köra, uşbu mansabdorga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, BHMning 50 barobari (12 mln 250 ming söm) miqdorida maʼmuriy jarimaga tortilgan.
👉 @xushnudbek 👈


