Jarimalar miqdorini kamaytiriş böyiça takliflar

Matn20-iyul, 2019, 18:061 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Tepadagi post tahrirlandi:

Jarimalar miqdori nomutanosib ekanligidan norozi bölib ovoz bergan insonlar soni 10 mingdan oşdi.

Biror petitsiyani Oliy Majlis körib çiqişi uçun şunça ovoz bemalol yetgan bölardi. Ammo propiska haqidagi petitsiyamni eʼlon qiliş heç bir asossiz rad etilgandan keyin, «Mening fikrim» portalidan allaqaçon hafsalam pir bölgan va bu portalga şaxsan men işonmayman.

Ammo garçi kanalim rasmiy maqomga ega bölmasa ham, lekin deputatlar va boşqa mutasaddilar uçun 10 mingdan ortiq ovozlar — yaxşigina signal. Demak, ular öz vijdonlari bilan yaxşilab gaplaşib olişlari kerak.

Ovoz beruvçilar nimani xohlayapti:

• tonirovka va parda uçun 5 mln sömlik jarimani avvalgidek 200 ming sömga qaytariş, imkoni bölsa undan ham arzonlaştiriş;

• öqituvçi, şifokor, bankir va boşqalarni majburlab işlatgan hokimlar hamda har qanday boşqa mansabdorlarga jazoni keskin kuçaytiriş, kerak bölsa jinoiy javobgarlik masalasini qonunçilikka kiritiş;

• şuningdek, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda nazarda tutilgan boşqa jazolarni, xususan yöl harakati qoidalariga oid jarimalarni adolat nuqtai nazaridan qayta körib çiqiş.

Bor gap şu.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing