Otabek Umarov tonirovka masalasida öz fikrini bildirdi

Matn20-iyul, 2019, 11:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Dod-voylarimiz samarasiz ketmabdi, şekilli

Şavkat Mirziyoyevning kiçik kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boşliği örinbosari Otabek Umarov “tonirovka” masalasida Instagramda öz fikri bilan örtoqlaşdi:

«Menga «Instagram»dagi sahifam orqali bahsli mavzu — “tonirovka” borasida juda köp murojaat kelib tuşmoqda. Şu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan boğliqligi uçun öz fikrimni bildirişga qaror qildim. Fikrimça, “tonirovka” mavzusi Özbekiston şaroitida dolzarb va örinli kötarilgan. Çunki yurtimizda iqlim şaroiti yoz oylari, ayniqsa, çilla payti juda oğir böladi.

Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatçilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qiliş yuzasidan tegişli tavsiyalar berdik. Hozirda “tonirovka” mavzusi boşqa davlatlar tajribasidan kelib çiqib, har tomonlama körib çiqilmoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bölsak, şuni alohida aytmoqçimanki, bizda uşbu yönalişda hamma zarur çoralar işlab çiqilgan va ijrosi taʼminlangan. Avtoulov “tonirovka”si xavfsizlik masalalarini hal qilişda va taʼminlaşda bizga tösiq bölolmaydi».

Post tugadi.

Va nihoyat ohlarimiz Xudoga hamda rahbarlarga yetib boribdi, şekilli, biz boğlangan manbalar ham tonirovka masalasida tez orada yaxşi yangiliklar bölişini aytişmoqda.

Eslatib ötaman, ötgan safar Saida Mirziyoyeva maktablarda majburiy forma joriy qilişga hali ertaligi haqida fikr bildirgaç, biroz ötib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan maktablarda majburiy forma joriy etiş muddati 5 yilga keçiktirilgan hamda 2024/2025 öquv yilidan boşlab amalga kiritilişi belgilangan edi.

Yoruğ kunlarga oz qoldi, degan ibora bor. Hozirgi holatdan kelib çiqadigan bölsak, hurmatli haydovçilar, qoronğu maşinalarga oz qoldi, nasib qilsa 😃

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Özbekistondagi adolatsiz jarimalar tahlili

    02 daqiqa

  2. Qonuniy va adolatli qaror örtasidagi farq

    03 daqiqa

Yana oʻqing