Jurnalistika universitetida ijodiy imtihonlarni baholaş
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ijodiy imtihonlarni baholaş jarayonidamiz.
Keça suhbatga kela olmagandim, bugun yozma işlarni baholaşda qatnaşyapman.
Azaldan odamlarni baholaşni yomon köraman, öqituvçilik paytimda ham eng yoqimsiz iş - talabalarni baholaş edi. Undan köra, tinçgina darsimni ötib, bilganimni örgatib yurganim yaxşi, derdim.
Hozir ham abituriyentlarning işini 17-18 yoş doirasidan kelib çiqib baholayapman, şuning uçun baholarim biroz balandroq çiqmoqda. Masalan, özimning 18 yoşimda yozgan gaplarimga 2 ham qöymasdim. Hatto 5-6 yil oldin yozgan ayrim gaplarimni hozir körib qolsam ham, uyalib ketaman.
Inson fikri yoş ötgani sayin şakllanib, sayqallaşib boradi. Keçagi dunyoqaraşingiz bugungisidan farq qiladi. Şu sababli ham yoşlarni ularning tengdoşi sifatida baholaş kerak, özimizdan kelib çiqib baholasak hammayoq past ballarga tölib ketadi.
Har holda bu mening şaxsiy fikrlarim, balki boşqalarning pozitsiyasi özgaçadir, kim bilsin.
P.S.: suratda universitet rektori Şerzod Qudratxöjayev abituriyentlarning ota-onalarini ijodiy işlarni baholaş jarayoniga olib kirib, komissiya faoliyati bilan bevosita taniştirmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

