Özbekiston avtomobil sanoatida islohotlar boşlanadi
Manba:davletovuz
Özbekiston avtomobil sanoatida jiddiy islohotlar boşlanişi kutilmoqda
18-iyul kuni Şavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatini jadal isloh qiliş haqida qaror imzoladi. Bu qaror Özbekistonda avtomobil işlab çiqarişga bölgan yondaşuvni tubdan özgartirişi közda tutilgan.
Yengil maşinalar işlab çiqariş böyiça UzAuto (sobiq GM Uzbekistan) yakkahokimligi özgarmaydi, ammo çiqarilayotgan avtomobillar sifati va narxi böyiça qator özgarişlar bölib ötadi. Birinçidan, AQŞdagi GM boş ofisi bilan hamkorlikda yagona platformadagi avtomobillar çiqariş yölga qöyiladi. Bugungi kunda isteʼmolçilarga 5ta model yetkazib berilayotgan bölsa, hammasining platformasi turli xil. Platformaning bir xil qilinişi maşinalarning narxini 20-25 foizga tuşiradi.
Imzolangan qarorning yana bir muhim jihati – iyunda anons qilingan trade-in dasturining 1-oktabrdan işga tuşişidir. Sodda qilib aytganda, bu dasturga köra siz mahalliy işlab çiqaruvçidan sotib olgan eski avtomobilingizni salonga topşirib, farqini tölagan holda yangisini xaydab çiqib ketişingiz mumkin. Çet el mamlakatlarida ançadan beri qöllanilayotgan bu amaliyot va nihoyat Özbekistonga kirib kelayotgani quvonçli holat. Ikkilamçi bozordan maşina sotib olayotgan aksariyat isteʼmolçi uning yaxşi-yomonligi, kamçiligi haqida xabari bölmaydi. Avtosalonlarda sotilajak xaydalgan avtomobillarning texnik holati haqida haqqoniy maʼlumot berilişi kafolatlanadi.
Xöş, nima bölganda ham heçdan köra keç yaxşi.

