Monopoliyaga qarşi eʼtiroz va yangi avtomobillar taqdimoti

Matn25-dekabr, 2019, 21:241 daqiqa0 koʻrish

Manba:Muhrim / Муҳрим

Men Chevrolet Onix’ning taqdimoti ham böladi, deb kutgandim. Yöq, bu aldoqçi monopolistlar uyalmay «ne dlya vsex» («hamma uçun emas») degan şior bilan biri biridan qimmat törtta yöltanlamas taqdimotini ötkazdi.

Töğri, Onix mabodo avtosanoatimiz rahbarlari bir zamonlar vaʼda qilganidek «60 foizlik lokalizatsiya» bilan «işlab çiqariladigan» bölsa ham, arzon bölmaydi. Lekin bugungi törtta «mahluq»dan sezilarli arzon böladi ham-da. Boz ustiga, maʼnan eskirgan Lacetti örniga biror mos yangi narsa taklif qiliş kerak-ku.

Keraklikka keragu, lekin monopolistlarga kerak ham emas. Monopolistlar Tailandda yiğilgan maşinalarni «imtiyozli şartlar»da olib, 40—70 ming dollardan sotaversa ham böladi, ularga yaraşaveradi, qolganlarga şolpillab qoladi... Bunaqa maynabozçilikni yiğiştirib, bozorni oçib yuborişsa ham bölardi.

Yana bularning: «Avtozavodlarimiz töliqdan ham töliqroq quvvatda işlayapti », deb minnat qilib qöyişiga ölasanmi! Yaxşisi şu zavodlaring işlamasinu, lekin bozorimiz yangi, sifatli, arzon maşinalarga töla bölsin. Yöqolsin monopoliya!

https://t.me/joinchat/AAAAAEG2GQMHhMdalJO5IQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing