UzAutoMotors sudda yutib çiqdi

Matn30-oktabr, 2020, 19:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“UzAutoMotors” sudda yutib çiqdi

Bugun Toşkent şahar maʼmuriy sudida “UzAutoMotors” AJ hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi örtasidagi sud mojarosi nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda Oliy Sud matbuot xizmati.

Sudya Ğ. Davlatov raisligida körib çiqilgan işda Toşkent şahar prokurori yordamçisi E.Vohidov iş yuzasidan “UzAutoMotors” AJ şikoyatini qanoatlantirişni söragan.

Xullas, yakunda Toşkent şahar maʼmuriy sudining 30-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizaçi “UzAuto Motors” AJning javobgar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli iş böyiça 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topiş haqidagi şikoyat arizasi qanoatlantirildi va uşbu qaror haqiqiy emas deb topildi.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasidan arizaçi “UzAuto Motors” AJ foydasiga şikoyat keltirişda tölangan davlat boji 2 230 000 söm va 20 000 söm poçta xarajatlari undiriş belgilandi.

Olingan maʼlumotlarga köra, Antimonopoliya qömitasi sud qarori ustidan apellyatsiyaga bermoqçi.

Avvalroq bu haqida YouTube kanalim orqali bildirgan qisqa munosabatimda sud jarayonlaridan köp narsa kutmayotganimni va uşbu sud işi bizni muammolardan qutqarmasligini, bu kasalni tuzatiş uçun emas, balki şunçaki vaqtinça oğriq qoldiriş, odamlarni çalğitiş uçun bölayotganini aytib ötgandim. Kutganimdek böldi ham.

Haliyam öşa-öşa fikrimda (t.me/xushnudbek/6663) sobitman:

❗️bizning asosiy muammomiz zavodda emas, balki Hukumat tomonidan insofsizlarça örnatilgan import bojlarida. Agar bojlar keskin kamaytirilsa, bozorda sunʼiy emas, soğlom raqobat paydo bölsa, bu hamma uçun yaxşi: davlat uçun ham, xalq uçun ham, ÖzAvto uçun ham.

Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşişimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek