UzAutoMotors 6 oyda 1,9 trln sömlik imtiyoz olgan
UzAutoMotors 6 oyda 1,9 trln sömlik imtiyoz olgan
UzAutoMotors 2021-yilning olti oyida 1,9 trillion sömlik (177,6 mln dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini olgan. Gap Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan taʼminlangan bojxona boji, aksiz va QQS böyiça imtiyozlar haqida ketmoqda. Imtiyoz va preferensiyalarning aksariyati yopiq hujjatlar bilan, yaʼni jamoatçilikdan yaşirin ravişda taqdim etilgan.
Berilgan 1,9 trln sömlik imtiyozlarning asosiy qismi bojxona bojiga töğri keladi — 1,64 trln söm, şuningdek qöşilgan qiymat soliğidan (QQS) — 255,6 mlrd söm, aksiz soliğidan — 356,7 mln sömlik imtiyoz berilgan.
Ayni şu davrda esa UzAutoMotors 902 mlrd söm sof foyda olgan.
Agar xalq pullari hisobidan berilgan imtiyoz va preferensiyalardan kompaniya olgan foydani ayirib taşlasak 1 trln söm zarar kelib çiqadi. Yaʼni bu zavodni Hukumat şunça erkalatsa ham, imtiyozlar bersa ham, taşqaridan maşina olib kelişga xalq uçun otning kallasiday boj qöyib, sunʼiy monopoliyani keltirib çiqargan bölsa ham, bu zavod baribir davlatga va jamiyatga zarar keltirişda davom etmoqda.
Iqtisodçi Behzod Hoşimov bilan suhbatda aytgan edi, undan köra şu monopol kompaniyaga topayotgan foydasiga teng pulni xalq yiğib bersa va evaziga boşqa maşina çiqarmasang böldi, mana senga pul desak, ham jamiyatga köproq foyda böladi. Çunki hozir kompaniyaning zarari nafaqat 1 trln söm, balki fuqarolarga qöyilgan köplab taqiqlar hisobiga aslida undan ham kattaroq.
👉 @xushnudbek 👈


