Aroq işlab çiqaruvçi korxona uçun soliq imtiyozi
Aroqqa soliq imtiyozi
Kun.uz naşrida taniqli jurnalist Karim Bahriyevning monopoliyalar, proteksionizm va lobbizm haqidagi katta maqolasi eʼlon qilindi — https://kun.uz/28937212
Maqoladan kiçik parça:
«Mana, yana bir xabar: ‘Özbekiston temir yöllari’ kompaniyasi Prezident qarori loyihasini havola etibdi. Unga köra, yangi Premium Uzbekistan qöşma korxonasi quriladi va u 2024-yil 1-yanvargaça barça soliqlardan va yagona ijtimoiy tölovdan ozod etilişi kerak emiş.
Nima deb öylaysiz, Premium Uzbekistan korxonasi qanday xayrli faoliyat yuritadiki, soliqdan ozod bölişi kerak? Saraton kasaliga qarşi emlov ötkazadimi? Nogironlarga aravaça yasaydimi? Yöq! Mana, u nima bilan şuğullanadi: ‘Sönggi avlod ilğor texnologiyalaridan foydalangan holda lyuks toifadagi spirtdan yuksak sifatli aroq mahsulotlarini quyiş’ uning vazifasidir!
Lobbistlarning yuksak parvozidan darak bu. Ofarin! Savollar tuğiladi: ‘Özbekiston temir yöllariʼning aroqqa nima aloqasi bor? Nega soha emas, alohida muayyan korxona soliq imtiyozi oladi? Uning ortida kim turibdi? Aroq şundoq ham xaridorgir bölsa, uning işlab çiqaruvçisini qöllab-quvvatlaş nega kerak?».
Parça tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
