Kosonsoyda öqituvçilar majburiy mehnatga jalb qilindi
Öşa kungi hokimlar haqidagi fikrlarimizning yana bir isboti: Namanganning Kosonsoyida tuman hokimligining nazorati bilan öqituvçilarga beton quydirişgan.
De-yure (qoğozda) hududiy xalq taʼlimi boşqarmalari hokimliklarga böysunmaydigan bölgan bölsa ham, ammo de-fakto (amalda) haliyam avvalgi tuzumning inersiyasi ortidan baʼzi (balki köplabdir) mahalliy hokimlar haliyam öqituvçilarni özlarining şaxsiy quli deb hisoblaydi. Ular tekin işçi kuçini taʼsir doirasidan çiqib ketişini hazm qilolmaydi. «Men hokimman, vlast mening qölimda, aytganimni qilasan, köp aqllilik qilma» deyişadi.
He, sendaqa hokimdan örgilib qöyay. Bunaqa "qonxör" va ongi pastlarni hokimlikdan yöqotiş kerak.
Öqituvçilarçi? Ular qaçongaça ğing demasdan kim nima desa böysunişda davom etadi? Bir ongli insonni öz xohişiga qarşi beton quyişga majburlaş uçun qay darajada odamni qörqitiş yoki majburlaş kerak, hayronman. Hammani töplab, döpposlaşdimi, yoki oilangizni qirib taşlaymiz deb kallakesarlar qörqitdimi? Nima qilişdiki, Sizlar indamasdan borib beton quydingiz?
Hoy, baraka topgurlar, közingizni oçadigan payt keldi axir. Qaçongaça qullikka rozi bölasizlar? Qaçongaça hur va mustaqil insonligingizni unutib, böyin egib yaşaysizlar? Rizqni beruvçi Alloh, iş uçun bu darajada özingizni yerga urmang, axir.
Ozod inson bölişni avvalo özingiz istaşingiz kerak. Yöqsa, hamma qilinayotgan işlar bir pul böladi. Birlaşiş vaqti keldi, hurmatli ustozlar!
P.S.: bu gaplarim Özbekistondagi barça öqituvçilarga tegişli emasligini aytişimning hojati yöq, bu gaplar şundoq ham ayrim mana şunday holatlarda majburiy mehnatga rozi böladiganlarga taalluqli ekanligini tuşunişadi, deb öylagandim, ammo adaşgan ekanman. Gap barça öqituvçilar haqida emas. Boşqa izohim yöq.
👉 @xushnudbek 👈
