Jizzaxda maktab öqituvçilari majburiy obunaga şikoyat qildi
Yana obuna mavzusi. Bu safar Jizzax.
Har mavzuning öz mavsumi böladi. Öşa mavsum payti bir mavzuga bir neça bor qayta-qayta murojaat qilinişi mumkin, buni töğri tuşunasizlar degan umiddaman.
Obunaga oid juda köp murojaatlar kelib tuşadi. Şulardan birini eʼlon qilmoqçiman.
Jizzax şahar hokimi A.Şukurov 16-oktabrdagi 210-F-sonli farmoyişi orqali obunani uyuşqoqlik bilan taşkil etiş topşiriğini beribdi (farmoyiş rasmi pastda).
Ismini sir saqlanişini iltimos qilgan Jizzax şahridagi maktablardan birining öqituvçisi bu haqida quyidagiça fikr bildiryapti:
«Qani edi shularni o'rniga "Ma'rifat", "G'uncha", umumta'lim kasblar bo'yicha ro'yxat qilib berganda edi, hamma rozi bo'lardi. Hokimiyat yana majburlayapti. Eng arzon mahalliy gazeta 224.000, "Xalq so'zi" esa 408.000 so'm. Insof sayin baraka. Biz obuna bo'lmaymiz demayapmiz, lekin shuncha gazeta juda ko'p. Kuniga shahar hokimi yig'ilish qilib, kunlik obunani so'rayapti. Bermaguncha qo'ymayapti. Obuna to'lamaganlar qattiq tekshirilayapti».
Suhbatdoşimga savol berdim: bu gazetalarga mahalliy byudjetdan yoki taşkilot hisobidan obuna bölinyaptimi yoki xodimlarning oyligidanmi? Quyidagiça javob keldi:
«Tashkilotda pul nima qiladi, har bir maktab xodimlaridan oyligining 15-20% dan (250-300 ming) o'z arizasi bilan ushlab qolishga to'g'ri kelayapti. Bizni to'g'ri tushining, obuna bo'lmaymiz demayapmiz. Nagruzka juda ko'p. Ozroq bo'lsa, lom-mum demaydi ko'pchilik. Gazetalar o'z sohamiz bo'lsa ham mayli edi».
Muştariy yuborgan hujjatlardan körinadiki, Jizzax şahridagi maktablar uçun obuna tavsiya etiladigan naşrlar röyxati va soni berilgan. Ha, röyxatning yuqori qismida "tavsiya" sözi bor (oxirgi gap-sözlardan keyin buni qöşmaslik ham ilojsiz-da).
Afsuski Jizzax viloyatidagi mahalliy naşrlarning obuna katalogini topa olmadim, bitta maktabga taxminan qança pul ketişini hisoblamoqçi edim.
Uşbu suhbatdan keyin, majburiy obuna deb jar solişdan, kimlarnidir ayblaşdan yiroqman. Çunki hujjatda "majburiy", "şart" degan sözlar yöq. Lekin savollarim bor:
1️⃣ Nima uçun gazetalarning obunasi bilan hokimlik şuğullanişi kerak? Gazetalarning deyarli barçasi tadbirkorlik subyektlari bölsa, nega mahalliy hokimiyat soğlom raqobat muhitiga rahna solib, boşqa bir tadbirkorlarni emas, maʼlum bir kam sonli tadbirkorlik subyektlarini hammaga tavsiya qilişi kerak? Masalan, men gazeta oçib, hokimiyatga borib, "mana şu gazetamni ham farmoyişingizda körsatib keting" desam, qöyişadimi? Heçamda! "Çuçvarani xom sanabsan, ukam" deyişadi. Monopoliya va taniş-bilişçilikning boşqaça körinişi.
2️⃣ ASOSIY SAVOL:
Nima uçun tavsiyaviy deya qaralayotgan jadvallarda obuna soni keltiriladi? Nima uçun hokim farmoyişlarida taşkilotlar nomma-nom sanaladi va har biriga alohida "nagruzka" qöyiladi?
Maqsad tavsiya etiş bölsa, unda şunçaki falon-falon naşrlarda mamlakat, viloyat, tuman hayotiga oid eng yaxşi materiallar berib boriladi, şularni öqişni tavsiya etamiz, degan mazmunda şunçaki naşrlar nomini sanab ketsa bölmaydimi? Qaysi taşkilot neçtaga obuna bölişni xohlasa, ehtiyojga qarab, öziga maʼqul kelganiga obuna bölaveradi. Yoki bunga haqqi yöqmi? Hokimlik körsatganday 50 tamas, 30 taga obuna bölsa, nima böladi? Qonunni buzgan böladimi? Qaysi qonunni? Nega xodimlar soniga qarab qaysidir gazetaga "falonça obuna bölasan" deb taşkilotlarni majburlaş kerak? Nega?
Bundayin konkret reja qöyişlar, alal-oqibat majburiy obunaga yetaklaşi aniq. Yoş bolaga ham oçiq-oydin körinib turgan narsaku bu.
Mayli, tez orada majburiy obuna degan balodan qutilişimizga işonaman. Majburiy obuna (gazetalar demayapman) özining sönggi kunlarini yaşayotganiga umid qilaman.
ESLATMA: Yana qaytaraman, men faqat insonni majburlab obuna qilişlariga qarşiman. Lekin imkoningiz bölişi bilan, albatta kitob öqing, gazeta va jurnallarni mutolaa qiling. Eng sevimli naşrlarga öz ixtiyoringiz bilan obuna bölişni unutmang. Köp öqigan insonning maʼrifati yuksak böladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
