Firuz Allayev Özbekiston poçtasi tizimini tanqid qildi

Matn26-noyabr, 2018, 19:131 daqiqa0 koʻrish

«Asaxiy» internet-dökoni asosçisi Firuz Allayev Feysbukdagi sahifasida yozyapti (imlo asliça saqlandi):

«Sönggi vaktlarda xususiy poçtalar urniga Özbekiston Poçtasi orqali işlaşga majbur böldik. Sababi juda oddiy, xususiy poçtaning ofislari faqat viloyat markazlarida bölsa Özbekiston poçtasining ofislari Respublikaning hamma joyida bor, imkoniyatlari juda keng.

Lekin, afsuski Özbekiston Poçtasi xodimlarini öz işiga masʼuliyatsizlik bilan qaraşi, barça xodimlarning özi bilgança iş yuritişi, kompaniyadagi qoğozbozlik kundan-kunda odamni hafsalasini pir qilmoqda. Dastlab, çegaralangan miqdorda poçta qabul qilgan şirkat, endi bizni har kuni poçta jönatişimizni körib turli xil tösiqlar yarata boşladi.

Bugun yana bir yangilik böldi, Özbekiston Poçtasi orqali 4tadan ortiq poçta jönatganda firma direktori har safar peçat bosib xat qilişi kerak. Man deyarli har kuni kamida 30ta, baʼzi kunlari 100tadan ortiq poçta çiqaradigan bölsam, har kuni ketadigan poçta röyxatlari, mijozlarning ism, familiya va otçestvosini va manzilini yozib, röyxat bilan xat qilişim kerak.

Mani nima uçun degan savol qiynaydi. Man maʼlum miqdorda buyurtmani olib keldim, pulini töladim, jönatvordim, qança poçta köp ketsa, şunça köp daromad, poçta şunça xursand bölişi kerak. Lekin, nimaga jönatiladigan poçta sonini 4taga çegaralaş kerak? Biror mantiq bormi, kimdir tuşintirib beraoladimi?

Afsuski, kundan-kunga odamning hafsalasi pir bölmoqda va odam öşa taksilar yaxşi ekan degan xulosasiga qaytyapti».

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek