IELTS sertifikati uçun maksimal ball berilişi mumkin
Kelgusi yilda IELTS sertifikat olgan abituriyentlarga ham maksimal ball berilişi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida abituriyentlar uçun juda muhim bölgan qaror loyihasi eʼlon qilindi.
Loyihada taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq qiliş töğrisida gap boradi.
Unga köra, quyidagi sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga çet tili fanidan maksimal ball beriladi va şu fan böyiça test sinovidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan) ozod etiladi:
1) Bakalavrda çet tili birinçi (asosiy) fan bölgan blok uçun:
Ingliz tili uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, IELTS (5.5) V2 va undan yuqori, TOEFL IBT (72) V2 va undan yuqori, Cambridge Assessment English (CAE) FCE, B2 va undan yuqori;
Nemis tili uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Goethe-Zertifikat V2 va undan yuqori, DSD V2 va undan yuqori, Test DAF V2 va undan yuqori;
Fransuz tili uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, DELF V2 va undan yuqori, TCF V2 va undan yuqori;
boşqa tillar uçun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori yoki Xalqaro sertifikat V2 va undan yuqori.
2) Bakalavrda çet tili 2 yoki 3-fan (asosiy (birinçi) bölmagan) bölgan blok uçun xuddi şu sertifikatlarning B1 darajasi (IELTS 4.5 yoki TOEFL IBT 42) talab bölsa, maksimal ball beriladi.
3) Magistratura uçun ingliz tili asosiy (birinçi) fan bölsa, unda C1 daraja (IELTS 7.0 yoki TOEFL IBT 95) talab qilinadi.
4) Magistratura uçun ingliz tili asosiy (birinçi) fan bölmasa, unda B2 daraja (IELTS 5.5 yoki TOEFL IBT 72) talab qilinadi.
2019-yilga qadar olingan DTM tomonidan berilgan sertifikatlarning imtiyozi amal qiliş muddati davrida saqlanib qoladi.
Qaror loyihasi 12-dekabrga qadar davom etadi. Kirib, öz fikrlaringizni bildirişingiz mumkin.
ESLATMA: bu faqat taklif xolos, qaror xuddi şu loyihada qabul qilinişi yoki özgartirişlar kiritilişi yoxud umuman qabul qilinmasligi ham mumkin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 2


