Pekindan Toşkentga uçayotgan samolyotda çaqaloq dunyoga keldi
Pekindan Toşkentga uçayotgan samolyotda özbekistonlik ayol farzand kördi. Samolyot Pekinga qaytgan. Aytişlariça, ona va bolaning salomatligi yaxşi
24-noyabr kuni «Pekin—Toşkent» yönalişi böylab havoga kötarilgan CZ6027 reysi samolyot bortida çaqaloq dunyoga kelgani munosabati bilan Pekinga qaytib qöngan (şu bois Toşkentga belgilanganidan 5 soatu 45 daqiqa keç yetib kelgan). Ona — özbekistonlik Nargiza Qosimova, deya xabar bermoqda China-Uzbekistan kanali.
Xabar berişlariça, samolyotda özining beşinçi farzandini dunyoga keltirgan onaning ham, homiladorlikning yettinçi oyida samolyotda tuğilgan çaqaloqning ham ahvoli yaxşilanib bormoqda. Ona-bola Pekindagi Hemujia kasalxonasiga joylaştirilgan.
Voqeadan xabardorlarning @daryo_live’ga maʼlum qilişiça, samolyotda Toşkentda işlaydigan akuşer-ginekologlar bölgan — tölğoq tutgan Nargiza Qosimovani samolyotda ular tuğdirgan. Çaqaloqqa Muhammad Solih deb ism qöyişmoqçi.
Suratda — samolyotda tuğilgan özbekistonlik çaqaloq va CZ6027 reysi styuardessasi
Matn: @daryo_live
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

