Şavkat Mirziyoyev temir yöl monopoliyasiga çek qöyiş haqida
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganŞavkat Mirziyoyev temir yöl monopoliyasi haqida:
“Kelgusi yilda öz vagoni va konteyneriga ega bölgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yölga qöyiladi va tariflar ikkiga ajratiladi.
Davlat tomonidan faqatgina temir yöl infratuzilmasi hamda lokomotiv xizmatlari tartibga solinadi, yuk vagonlari xizmati esa, bozor tamoyillari asosida şakllanadi.
Şuning uçun, xususiy tadbirkorlarga temir yöl vagonlarini olib kelişga berilgan imtiyozlar 2025-yil 1-yanvargaça uzaytiriladi.
Albatta bu taklifga ham qarşilar bor, faqat “yöq” deyişni bilişadi. Lekin xususiy sektorga imkon bermasak, “Özbekiston temir yöllari” AJning monopoliyasiga çek qöya olmaymiz. Axir butun dunyoda şu tizim işlaydiku, nega bizda işlab keta olmaydi? Kimgadir yoqadimi, yoqmaydimi, endi biz xususiy sektorga ham imkon beramiz”.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



