Özbekistonda qator eksklyuziv huquq va imtiyozlar bekor qilindi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlangan“Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida”gi Prezident farmoni imzolandi.
Unga köra, 2022-yil 1-iyuldan boşlab bojxona bojlari böyiça imtiyozlar faqatgina Özbekiston Respublikasi qonunlari bilan beriladi. Bunda, Tarif va notarif tartibga soliş kengaşi xulosasi olinişi majburiy hisoblanadi.
Şuningdek, farmon bilan quyidagi eksklyuziv huquq va imtiyozli maqomlar bekor qilinmoqda:
➖Haydovçi va haydovçilikka nomzodlarni transport vositasini boşqarişga layoqatligini tekşiriş uçun tibbiy körikdan ötkaziş bilan litsenziyasi bor xususiy tibbiyot muassasalari ham şuğullanişiga ruxsat beriladi (avgust).
➖Harbiy kontingentning, soliqçilarning majburiy davlat suğurtasi “Özbekinvest” suğurta kompaniyasi tomonidan amalga oşirilişi haqidagi eksklyuziv huquq bekor qilinadi (iyun).
➖Qişloq joylarda boş rejalarni tuzişdagi “Qişloqqurilişloyiha” MÇJning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (iyul-avgust).
➖Elektr texnika uskunalari va qurilmalarini markazlaştirilgan holda xarid qiliş böyiça “Energo RES” MÇJga berilgan eksklyuziv huquq bekor qilinadi (iyun).
➖Tovarlarning kelib çiqişi töğrisida sertifikat berişga oid ekspertiza faqat “Özbekekspertiza” AJ tomonidan ötkazilişi haqidagi norma bekor qilinadi (iyun-iyul).
➖Işlatilgan texnik moylarni töplaş va qayta işlaşga oid “Uz-Prista Recycling” MÇJ QK eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (sentabr-oktabr).
➖Aholiga va ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş böyiça “Hududgaztaʼminot” AJning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (iyun—sentabr).
➖Paxta mahsulotlari, qişloq xöjaligi uruğlarini sertifikatlaştiriş böyiça “Agrosanoat majmuida xizmatlar körsatiş markazi” DUKning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (2023-yil fevral).
➖“Birinçi rezinotexnika zavodi” MÇJning qişloq xöjaligi va avtomobil şinalarining yagona yetkazib beruvçisi maqomiga oid qoida bekor qilinadi (iyul).
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 308

