Tadbirkorlar uchun soliq hisoboti va taqiqlar bekor qilinadi
✅ Prezidentning tegişli Farmoniga köra, şu yil 1-oktabrdan boşlab quyidagilar bekor qilinadi:
➖ qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölovçisi bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topşiriş majburiyati;
➖ alohida tayyor import isteʼmol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylaştirilgan sanadan keyin 12 oy ötgaç sotuvga qöyilişi hamda çakana savdoda realizatsiya qilinişiga qöyilgan taqiq.
✅ 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) faoliyat yurituvçi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈


