Umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun imtiyozlar berildi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
Umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun imtiyozlar berildi
Prezident Farmoniga binoan:
👉 umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun kiçik tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qöllagan holda, ularni kiçik korxonalar toifasiga kiritiş maqsadida 2020-yil 1-iyuldan boşlab umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun belgilangan xodimlarning yillik örtaça soni 25 nafardan 50 nafarga oşiriladi;
👉 2021-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalari karantin çeklovlarining bekor qilinişiga qarab Vazirlar Mahkamasi tomonidan örnatilgan joylaştiriş, quriş va foydalaniş böyiça vaqtinçalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman (şahar) hokimliklarini xabardor qiliş orqali isteʼmolçilarga ovqatlaniş xizmatlarini körsatiş uçun özlariga tutaş böş yer uçastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylaştiriş va quriş huquqiga ega böladi;
👉 2021-yil 1-iyulga qadar karantin çeklovlarining bekor qilinişiga qarab tadbirkorlik subyektlariga mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan şartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport töxtaşi taqiqlanmagan joylarni körsatgan holda xabardor qiliş orqali avtodökon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qiliş huquqi taqdim etiladi.
Davlat soliq qömitasi özining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali köçma savdoni boşlaş töğrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilişni taʼminlaydi.
👉 ikki kun muddatda umumiy ovqatlaniş korxonalarida isteʼmolçilarga ovqatlaniş yoki xordiq çiqariş xizmatlarini körsatiş uçun yengil konstruksiyalarni joylaştiriş, quriş va ulardan foydalaniş böyiça vaqtinçalik talablar tasdiqlanadi;
👉 2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro tajribadan kelib çiqib, umumiy ovqatlaniş korxonalarining mavsumiy kafelari işlaşi, şuningdek, köçma savdoni amalga oşiriş tartibi tasdiqlanadi.
➡️ @uzauz


