Davlat stipendiyasi sohiblari uçun magistratura imtiyozlari

Matn23-iyul, 2020, 08:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdoş bölmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi?

#abituriyent

JAVOB: Yöq, ularning imtiyozi turdoş bölmagan mutaxassisliklarga ötmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandida quyidagiça qoida belgilangan:

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, şuningdek «Mard öğlon» davlat mukofoti sohiblari bölgan oliy taʼlim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoşlar oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yönalişiga mos va turdoş mutaxassisliklarga tanlovdan taşqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar».

Bundan kelib çiqadiki, agar yuqoridagi imtiyozlardan birortasi mavjud bölgan abituriyent magistraturaning turdoş bölmagan mutaxassisligiga hujjat topşirmoqçi bölsa, unda ularga imtiyoz qöllanmaydi va umumiy asoslarda imtihonga kirişadi.

Bu mantiqan ham töğri, filologiyani tugatgan talaba filologiya yönalişidagi mehnatlari uçun davlat stipendiyasini qölga kiritgan bölsayu, lekin hujjatini iqtisod mutaxassisligiga topşirsa, unda keçirasiz, avval iqtisod böyiça yetarli bilimlarga ega ekanligini isbotlasin, ana undan söng, magistraturaga qabul qilinişi mumkin.

❗️ESLATMA: yuqoridagi imtiyozi bor abituriyentlar magistraturaga tanlovdan taşqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadi. Yaʼni qaysidir mutaxassislikda 1ta grant örni bölsa, öşa mutaxassislikka Prezident stipendiyasini olgan talaba hujjat topşirsa, u 1ta grant örnini band qilmaydi, balki alohida kvotaga kiradi, boşqaça aytganda heç kimga xalaqit bermaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek