Davlat stipendiyasi sohiblari uçun magistratura imtiyozlari

Matn23-iyul, 2019, 10:211 daqiqa0 koʻrish

Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdoş bölmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi?
#abituriyent

JAVOB: Yöq, ularning imtiyozi turdoş bölmagan mutaxassisliklarga ötmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida»gi nizomning 7-bandida quyidagiça qoida belgilangan:

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, şuningdek «Mard öğlon» davlat mukofoti sohiblari bölgan oliy taʼlim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoşlar oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yönalişiga mos va turdoş mutaxassisliklarga tanlovdan taşqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar».

Bundan kelib çiqadiki, agar yuqoridagi imtiyozlardan birortasi mavjud bölgan abituriyent magistraturaning turdoş bölmagan mutaxassisligiga hujjat topşirmoqçi bölsa, unda ularga imtiyoz qöllanmaydi va umumiy asoslarda imtihonga kirişadi.

Bu mantiqan ham töğri, filologiyani tugatgan talaba filologiya yönalişidagi mehnatlari uçun davlat stipendiyasini qölga kiritgan bölsayu, lekin hujjatini iqtisod mutaxassisligiga topşirsa, unda keçirasiz, avval iqtisod böyiça dastlabki bilimlarga ega ekanligini isbotlasin, ana undan söng, magistraturaga qabul qilinişi mumkin.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek