Yaqin qarindoşlar uçun işonçnoma bekor qilinişi mumkin
1-oktabrdan maşina boşqariş uçun yaqin qarindoşlar örtasida işonçnoma beriş tartibi bekor qilinişi mumkin
«Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmon loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/4931
Loyihada notariat institutini takomillaştirişga oid juda köp yaxşi yangiliklar örin olgan.
Jumladan, quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlaş tartibi bekor qilinişi rejalaştirilmoqda:
2019-yil 1-oktabrdan – transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisida körsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoşlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) örtasida transport vositasidan foydalaniş töğrisidagi işonçnomani;
2020-yil 1-yanvardan – yuridik şaxslarning, xususan bank va boşqa kredit taşkilotlarining korxonani ijaraga, tekin foydalanişga beriş, yangi köçmas mulk va transport vositalari böyiça lizing, garov (ipoteka) şartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) şartnomalarini rasmiylaştirgan bank va boşqa kredit taşkilotlari mol-mulkka taqiq qöyiş va yeçişni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oşiradi.
Demak, xulosa qiliş mumkinki, agar uşbu Farmon loyihasi rasman imzolanadigan bölsa, 2019-yil 1-oktabrdan boşlab maşina haydaş uçun yaqin qarindoşlarni (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) suğurta polisida körsatişning özi kifoya böladi, notariusdan işonçnoma oliş şart bölmaydi.
Siz ham loyihaga kirib öz takliflaringizni bildirişingiz mumkin. Muhokama 4-avgustga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈

