Özbekiston Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzo böldi

Foto28-dekabr, 2021, 12:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston notariat tizimi Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzo böldi

Bu haqda Xalqaro Notariuslar Ittifoqi Assambleyasi qaror qabul qildi.

Ittifoq aʼzoligiga kiriş uçun davlatlar notariat tizimi quyidagi yuqori standartlarga javob beriş talab etiladi:

➖ tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
➖ notariat sohasini tartibga soluvçi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq bölişi;
➖ mulkçilikka oid milliy qonunçilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib bölişi va boşqalar.

Özbekistonda 2020-yildan xususiy notariuslar faoliyati yölga qöyilgandan söng, aʼzolik uçun ariza berilgan edi. Joriy yilning 22-24-sentabr kunlari maxsus delegatsiya Özbekistonga kelib, bizning notariat tizimimizni töliq örganib ketgaç, ijobiy baho berildi va Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan Özbekistonni Ittifoq aʼzoligiga qabul qildi.

Bugungi kunda Ittifoqqa 90 dan ortiq davlatlar aʼzo.

👉 @xushnudbek 👈

  • 🎉 5
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek