Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

35 ta davlat OTMlariga moliyaviy mustaqillik berildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

35 ta davlat oliy taʼlim muassasasi tölov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydigan böldi

Prezidentning “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik beriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2022-yil 1-yanvardan boşlab 35 ta yetakçi davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi (töliq röyxat).

✅ Moliyaviy mustaqillik OTMlarning quyidagi vakolatlari böyiça berilmoqda:

➖ tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatini belgilaş;

➖ talabalarning tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddatlarini belgilaş va uzaytiriş;

➖ öz mablağlari hisobidan talabalar uçun stipendiya va grantlar ajratiş;

➖ xorijiy öquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, öquv qöllanmalarni töğridan töğri xarid qiliş va h.k.

❌ 2022-yil 1-yanvardan boşlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarida vasiylik kengaşlari tugatiladi.

✅ Ularning örnida tarkibining kamida 70 foizi tegişli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmaçilari, jamoatçilik vakillari va homiylardan iborat bölgan yuridik şaxs maqomisiz OTMlarning Kuzatuv kengaşlari taşkil etiladi.

✅ Tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlaş, şuningdek, kapital va joriy taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş uçun özlarining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan zarur mablağlarini sarflaşga ruxsat berildi.

❗️2023-yil 1-yanvardan boşlab Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligiga Respublika oliy taʼlim kengaşi va Moliya vazirligi bilan kelişgan holda röyxatni kengaytiriş huquqi beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 15
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek