Stipendiya oşsa-da kontrakt narxi nega özgarmaydi

Matn9-yanvar, 2021, 10:103 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❓Stipendiya oşdi, lekin kontraktlar oşmas ekan. Buning tartibi qanday böladi?

1-fevraldan iş haqi va stipendiyalar oşişi maʼlum qilingan edi. Qoidaga köra, OTMlarning tölov-kontrakt narxlari mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorlariga boğlangan edi va har safar iş haqlari oşirilganda, kontrakt miqdorlari ham kötarilardi.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmuş darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik beriş töğrisida qaror qabul qildi. Birinçisi, tölov-kontrakt miqdorlariga 10% çegirma berildi. Ikkinçisi, 1-fevraldan iş haqlari oşiriladigan taqdirda ham joriy öquv yili uçun kontraktlar miqdori oşmasligi belgilab qöyildi.

Bu talabalar va ularning ota-onalari uçun sezilarli darajada yaxşi qaror.

Endi hozirgi holatdan kelib çiqib, ayrim talabalarda savol paydo bölmoqda, yaʼni stipendiya oşsayu, kontrakt oşmasa, buning tartibi qanday böladi?

Şu böyiça öz fikrimni bildirib ötmoqçi edim. Demak, holat quyidagiça:

1️⃣ Davlat grantida öqiydiganlar uçun:

👉 umumiy qoidaga köra, davlat grantida öqiydiganlarning barçasining bazaviy stipendiyasi 10%ga oşirilib, 42 ming 800 söm qöşiladi, yaʼni 470 ming 800 söm (avval 428 ming söm edi) etib belgilanadi;

👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba semestr yakunida barça fanlardan «aʼlo» (5) baho (reyting körsatkiçi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oşirilgan holda, yaʼni 564 ming 960 söm (avval 513 ming 600 söm edi) miqdorida stipendiya tayinlanadi.

2️⃣ Stipendiyali tölov-kontraktni tanlagan talabalar uçun:

👉 ularning tölov-kontrakt miqdorlari öşa-öşa saqlanib qoladi, özgarmaydi;

👉 umumiy qoidaga köra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bölsa, unda har oylik bazaviy 428 ming söm stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qöşimça 5 mln 136 ming söm tölagan. Şuning hisobiga ular 12 oy davomida bölib-bölib 428 ming söm stipendiya oladi. Yaʼni özi tölagan pulni, özi qaytarib oladi. Endi garçi 1-fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oşirilayotgan bölsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali tölov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oşirilmaydi. Çunki ular 428 ming sömga möljallab kontrakt tölagan;

👉 bunday vaziyatda oşirilgan stipendiya oliş uçun, ular kontraktiga qöşimça tölov qilişiga töğri keladi. Yaʼni fevraldan boşlab 7 oy uçun 42 ming 800 sömdan hisoblaganda jami 299 ming 600 söm qöşimça tölov qilişi kerak. Ana şunda ular öquv yili oxirigaça oşirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 sömni olişi mumkin böladi;

👉 agar stipendiyali tölov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barça fanlarni “5” bahoga yopsa, unda bazaviy stipendiyaga nisbatan 20% ustama oladi. Mana şu 20% qöşimça rağbatlantiriş 1-fevraldan oşiriladigan stipendiya miqdoridan hisoblanadi. Boşqaça aytganda talaba sessiyani “5”ga yopsa, stipendiyasiga qöşimça 94 ming 160 söm rağbatlantiriş oladi. Buning uçun heç qanday qöşimça tölov qiliş şartmas, faqat sessiyani "5" bahoga yopsa kifoya.

3️⃣ Stipendiyasiz tölov-kontraktni tanlagan talabalar uçun:

👉 ularning tölov-kontrakt miqdorlari öşa-öşa saqlanib qoladi, özgarmaydi;

👉 agar stipendiyasiz tölov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barça fanlarni “5” bahoga yopsa, unda 94 ming 160 söm (ilgari 85 ming 600 söm edi) stipendiya oladi. Demak, 10% kötariladi. Buning uçun heç qanday qöşimça tölov qiliş şartmas;

👉 qolgan hollarda stipendiyasiz kontraktni tanlaganlar uçun heç narsa özgarmaydi, hozirgidek qoladi.

Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek