Talabalar stipendiyasi tayinlanişi böyiça tuşuntirişlar
Manba:Xushnudbek.uz
Talabalar stipendiyasi böyiça ayrim tuşuntirişlar
Şu kunlarda köpçilik talabalardan stipendiyalar tayinlanişiga oid savollar kelib tuşmoqda. Yaʼni semestrni qaysi bahoga yopişi talabaning stipendiyasiga taʼsir qiladimi yoki yöqmi?
Şu böyiça ayrim tuşuntirişlar berib ötmoqçi edim.
1️⃣ Davlat grantida öqiydiganlar uçun:
👉 umumiy qoidaga köra, davlat grantida öqiydiganlarning barçasi bazaviy 428 ming söm stipendiya oladi;
👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba semestr yakunida barça fanlardan «aʼlo» (5) baho (reyting körsatkiçi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oşirilgan holda, yaʼni hozirda 513 ming 600 söm miqdorida stipendiya tayinlanadi;
👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan «qoniqarli» (3) baho (reyting körsatkiçi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya tölanmaydi. Töliq davlat taʼminotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sirasiga kiruvçi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bölgan talabalar bundan mustasno, yaʼni ular 30% dan köp fanlardan 3 baho olsa ham, kafolatlangan stipendiyani olişadi;
👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba barça fanlarni töliq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan köproğida 3 bahoga olmagan bölsa, unda unga bazaviy stipendiya – 428 ming söm tayinlanadi.
2️⃣ Tölov-kontrakt böyiça:
👉 umumiy qoidaga köra, agar talaba stipendiyali kontrakt tölagan bölsa, unda har oy bazaviy 428 ming söm stipendiya oladi, agar stipendiyasiz tölagan bölsa, unda olmaydi;
👉 agar tölov-kontraktda öqiyotgan talaba semestrda barça fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagiça stipendiya oladi:
➖ kontraktni stipendiyali tölaganlar - 513 ming 600 söm;
➖ kontraktni stipendiyasiz tölaganlar - 85 ming 600 söm.
❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda öqiyotgan talabalar ham barça fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning maxsus jamğarmasidan stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda öqiyotganlarniki esa 20%ga oşadi;
👉 tölov-kontraktni stipendiyali tölagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopişidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 428 ming söm stipendiya beriladi.
Barça javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.
👉 @xushnudbek 👈

