Stipendiya tölaşning yangi tartibi belgilandi

Matn6-fevral, 2020, 09:551 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Stipendiya tölaşning yangi tartibi haqida qisqaça

«Huquqiy axborot» kanali yangi stipendiya tizimi haqida qisqagina maʼlumot berib ötdi.

Unga köra, 2020-yil 1-fevraldan:

👉 davlat granti, şuningdek, stipendiyali tölov-kontarkt asosida öqitişning işlab çiqarişdan ajralgan holdagi şakli böyiça taʼlim olayotgan talabalar qatʼiy belgilangan stipendiya (428 ming söm) bilan taʼminlanadi (2019/2020 öquv yilida davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvçi kurs talabalari bundan mustasno);

Demak, eski koeffitsent tizimi butunlay bekor böldi.

👉 semestr yakuni böyiça fanlardan faqat aʼloga özlaştirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga (513 ming söm) oşiriladi;

Demak, 5 bahoga öqiganlar qolganlardan 20% köproq stipendiya oladi.

👉 semestr yakuni böyiça fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bölgan (reyting körsatkiçi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya tölanmaydi (2019/2020 öquv yilida davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvçi kurs talabalari bundan mustasno).

Demak, 30%dan köproq fanini 3 bahoga yopgan byudjetdagi talabalarga stipendiya tölanmaydi.

Hozirça boşqa maʼlumot berilmagan. Qayta hisob-kitob haqida indaşmayapti. Qarorning rasmiy matni haligaça eʼlon qilinmadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek