Talabalar ortiqcha to‘langan stipendiyani qaytarishi kerakmi

Matn5-fevral, 2020, 23:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yuqoridagi postimdan keyin «3» bahoga yopgan köpçilik talabalar "bizning aybimiz nima, biz davlatga köp stipendiya bersin demagandikku, endi nega qaytarişimiz kerak?" deya eʼtiroz bildirişmoqda.

Umuman olganda Siz haqsiz. Haqiqatdan yuqorida ötirgan kimlarningdir qonunga xilof qarori ortidan mana şunaqa çigal vaziyat yuzaga keldi.

Xatoni töğrilaş uçun qabul qilinadigan har qanday qaror endi faqat zararga işlaydi.

Yoki davlat "3" bahoga yopgan talabalarga har oy tölangan ortiqça 30 ming sömdan voz keçadi — bu byudjetga rejalaştirilmagan kiçik yukni hosil qiladi.

Yoki "3" bahoga yopgan talabalardan ortiqça tölangan stipendiyani qaytarib oladi — bu talabalar orasida norozilikni keltirib çiqaradi.

Hukumat qaysi zarar köproq oğir kelişini hisobini olib, töğri qaror qabul qilgan degan umiddamiz.

Stipendiyani qaytarişga majburmizmi, degan savolga kelsak, bu böyiça biror qonun normasiga duç kelmaganman. Ammo Mehnat kodeksida iş haqi böyiça şunga yaqin qoida bor. Yaʼni MK 279-moddasiga köra, iş beruvçi tomonidan ixtiyoriy ravişda tölangan, şu jumladan qonunni notöğri qöllaniş oqibatida tölangan ortiqça iş haqi qayta undirib olinişi mumkin emas.

Agar şu qoidani huquq analogiyasi sifatida stipendiyaga nisbatan işlatsak, unda «uçlik» talabalar ham ortiqça stipendiyani qaytarişi şart emas. Lekin yana qaytaraman, stipendiya böyiça aniq bunday normaga duç kelmaganman.

P.S.: gap faqat "3" bahoga yopganlar haqida ketyapti, 4 va 5 bahoga yopganlar bilan sözsiz qayta hisob-kitob qilinişi kerak, bu muhokama ham qilinişi şartmas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek