Tibbiyot talabalari uçun vazir stipendiyasi taʼsis etildi

Matn1-may, 2022, 20:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🎓 Tibbiyot oliy öquv yurti talabalari uçun “Soğliqni saqlaş vaziri stipendiyasi” taʼsis etildi

Bu haqda vazirning tegişli buyruği qabul qilingan. Unga köra, mazkur stipendiya bakalavriat va magistratura bosqiçida tahsil olayotgan yoşlarga beriladi.

👥 Stipendiya har bir tibbiyot oliy taʼlim muassasasining 5 nafargaça nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.

Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy öquv yurtining “Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat bölimi”ga taqdim etiladi.

Hujjatlar vazirlik tomonidan körib çiqilgaç, ğoliblar aniqlanadi. Ğoliblarni aniqlaşda talabalarning öqişdagi özlaştiriş körsatkiçlari, xalqaro olimpiadalardagi natijalari, xorijiy tillarni biliş darajasi va boşqa jihatlarga qaraladi.

💰Vazir stipendiyasi miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglaştirilgan (hozirda 1 mln 128 ming 468 söm).

☎️ Qöşimça maʼlumotlar uçun vazirlikning (71) 239-13-72 telefon raqamiga iş vaqtida qönğiroq qilişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 546
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek