Talabalarga stipendiya tölaşning yangi tartibi joriy etildi
⚡️Rasman! Talabalarga stipendiya tölaşning yangi tartibi joriy qilindi
31-yanvardagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, 2020-yil 1-fevraldan boşlab, talabalarga stipendiya tölaşning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.
Qiziq, Hukumat qarori 31-yanvarda qabul qilingan bölsa, unda nima uçun 5-fevral kuni keçqurun eʼlon qilinyapti? Va şunda ham 2 qator gap xolos. Vazirlik şu paytgaça bilmaganmidi şunaqa qaror qabul qilinganini? Yoki aslida qaror bugun imzolanganu, lekin orqa sana bilan nomer qöyişdimi?
Hukumat qarorining özi qani? Nima uçun haligaça Lex.uz saytida yöq. Bir paytlar rosa maqtanişgandiku, endi normativ hujjatlar juda qisqa vaqt içida «Rasmiy hujjatlar» bölimida paydo böladi deb.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunga binoan, normativ hujjatlar rasman eʼlon qilingandan keyingina kuçga ega böladi. Lekin stipendiya töğrisidagi qaror 5-fevralda ham hali rasman eʼlon qilinmadi, unda qanaqa qilib 1-fevraldan yangi tizimga ötiladi?
Vazirlar Mahkamasining qarorlari 5 kundan buyon heç qayerda eʼlon qilinmayotganini kimdir tayinli asos bilan tuşuntirib bera oladimi?
👉 @xushnudbek 👈

