Talabalarga kömak beriş uçun Metsenatlar klubi oçildi
Xushnudbek.uzOvozli13 daqiqa0tahrirlangan0:00 / 12:14
❗️Kanal obunaçilari diqqatiga!
🎓 Talabalarga moddiy kömak berişni istagan saxovatpeşa insonlar uçun «Metsenatlar klubi» (club.metsenat.uz) oçildi.
1 yil oldin yaxşi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boşlagandik. 1 yilda loyihamizda salkam 2 ming nafar talabaga möljallangan jami 6 mlrd sömdan ortiq grant va stipendiyalar eʼlon qilindi.
Biz şu paytgaça faqat taşkilot va kompaniyalar bilan işladik. Jismoniy şaxslardan, yaʼni odamlardan pul yiğmadik, yordam söramadik. Endilikda şu yönalişda ham yangiça formatda işni boşlamoqçimiz.
Agar mabodo siz ham ota-onasi vafot etgan, nogironligi bor yoki moddiy qiyinçilikka uçragan, şu bilan birga yaxşi öqiydigan, intiluvçan va bilimli talabalarga moddiy yordam qiliş niyatida bölsangiz, unda «Metsenatlar klubi»ga aʼzo böling!
Aʼzo böliş va qöşimça maʼlumot:
➖ club.metsenat.uz ➖
Minimal aʼzolik summasi — 500 ming söm.
Audioxabarimni ham oxirigaça eşitib çiqsangiz, iltimos. Yaxşiroq tuşuntirganman. Katta rahmat. Alloh xayrli niyatlaringiz ajrini bersin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2





