Uzbekistan GTL talabalar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi

Matn8-oktabr, 2021, 21:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Diqqat! Metsenat loyihasida stipendiya dasturi e’lon qilindi

✅Stipendiya nomi: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati stipendiyalar dasturi

👤Metsenat: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati

📌Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "Uzbekistan GTL" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-2022 oʼquv yili uchun III stipendiyalar dasturini e‘lon qiladi.

🔖 Necha kishiga beriladi: 12 nafar

🔰Qaysi ta'lim yo'nalishi uchun?
Stipendiya kimyo-texnologiya, biologiya, mashinasozlik, ekologiya, metrologiya yo’nalishida kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan 3 va 4-bosqich bakalavr talabalari hamda 1 va 2-bosqich magistrantlari uchun beriladi.
👉 Qo`shimcha ma`lumot uchun

🔖 ISHTIROK ETISH SHARTLARI

📍Stipendiya miqdori 3 bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda oyma-oy 10 oy davomida to’lab boriladi.

🔖Bakalavr va magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyaning 10 oylik summasi 7 oy davomida oyma-oy to’lab boriladi.

⏳Hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng ichki imtihon orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 ONLAYN ARIZA YUBORISH
https://imkon.uz/metsenat/110

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek